22:17 / 04.02.2024
663

Meta kompaniyasi investorlarni Mark Sukerberg o‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Meta kompaniyasi investorlarni Mark Sukerberg o‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: The Telegraph
Meta kompaniyasi investorlarni Mark Sukerbergning jang san’atiga bo‘lgan ishtiyoqi jiddiy jarohatlar yoki o‘limga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sukerberg jang san’atiga bo‘lgan muhabbati sababli kompaniya xavf ostida bo‘lishi mumkin. Bu milliarder jangda ma’lum jarohatlar olib, bir oz muddat ishlamay qolgan taqdirda yuz beradi.

Janob Sukerberg va boshqaruvning boshqa a’zolari jiddiy jarohatlar va o‘lim xavfini tug‘diradigan jangovar sportlar, ekstremal sport va rekreatsion aviatsiya kabi turli xil xavfli mashg‘ulotlarda qatnashadilar. Agar janob Sukerberg biron-bir sababga ko‘ra yo‘q bo‘lib qolsa, faoliyatimizga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deyiladi Meta ogohlantirishida.

Meta boshlig‘i aralash jang san’atlari bilan tobora ko‘proq shug‘ullanib, o‘z bog‘ida “oktagon” qurgan va sobiq mutaxassislar bilan mashg‘ulot o‘tkazib turadi.

AQSHda ro‘yxatga olingan kompaniyalar o‘zlarini sud jarayonlaridan himoya qilish uchun investorlarga turli “xavf omillarini” oshkor qilishlari shart. Tegishli ogohlantirish Sukerberg Bill Geytsni ortda qoldirib, dunyoning to‘rtinchi eng boy odamiga aylangani fonida e’lon qilindi.

Sukerbergning sof boyligi 166 milliard dollardan oshdi, chunki Meta aksiyalari ajoyib moliyaviy natijalardan keyin 21 foizga o‘sdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo