Meta sunʼiy intellekt davrida katta qisqartirishlar boshlaydi

Meta sunʼiy intellekt davrida katta qisqartirishlar boshlaydi
Qisqacha

Meta kompaniyasi 20-maydan boshlab keng ko'lamli xodimlarni qisqartirishni boshlashi mumkin. Reuters agentligining xabar berishicha, dastlabki bosqichda taxminan 8 ming kishi, ya'ni umumiy xodimlarning 10 foizi ishdan bo'shatilishi kutilmoqda. Bu qisqartirishlar sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining rivojlanishi va ish jarayonlarining avtomatlashuvi bilan bog'liq. Meta kelajakda kamroq inson resurslari va ko'proq AI texnologiyalariga tayangan boshqaruv modelini ko'zlamoqda. Bu IT sohasida AI rivojlanishi bilan birga ishchi kuchining qisqarishi tendensiyasini ko'rsatadi.

Meta kompaniyasi 20 may kuni keng miqyosda xodimlarni qisqartirish rejasini amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi uchta mustaqil manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalardan birining maʼlum qilishicha, dastlabki bosqichda kompaniya umumiy xodimlarining taxminan 10 foizi, yaʼni 8 mingga yaqin mutaxassis ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda. Keyingi bosqichlardagi qisqartirishlar esa sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanish surʼati va kompaniya strategiyasiga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Meta rasmiylari bu maʼlumotlar yuzasidan hozircha izoh berishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, xodimlar sonini kamaytirish qarorlari sunʼiy intellektdan foydalanish ortib borayotgani va ish jarayonlarining avtomatlashuvi natijasida samaradorlik oshishi bilan bog‘liq.

Kompaniya rahbariyati kelajakni kamroq inson resurslari va ko‘proq AI texnologiyalariga tayangan boshqaruv modelida ko‘rmoqda.

Meta avval ham katta qisqartirishlar o‘tkazgan: to‘rt yil avval 11 ming nafar xodim ishdan bo‘shatilgan, 2023 yilda esa Mark Sukerberg yana 10 ming kishini qisqartirish haqida eʼlon qilgan edi.

2025 yilda esa kompaniya Scale AI startapiga taxminan 15 milliard dollar sarmoya kiritgan. Financial Times buni sunʼiy intellekt sohasidagi eng yirik investitsiyalardan biri sifatida baholagan.

Hozirgi tendensiya aniq: AI o‘smoqda, shtatlar qisqarmoqda. Bu IT dunyosida yangi “norma”ga aylanib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar