Isroil hukumati qurilish ishlariga O‘zbekiston, Hindiston va Shri-Lanka fuqarolarini taklif qilmoqchi. Bu haqda Reuters'ga tayanib Spot xabar berdi.
Rasmiylar xorijlik muhojirlardan foydalanib, so‘nggi oylarda sohada shakllangan ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etmoqchi.
Isroil—Falastin urushi avj olishidan avval Isroil qurilish maydonlarida 72 mingga yaqin falastinliklar ishlagan. G‘azodagi mojaro avj ola boshlaganidan so‘ng, Isroil xavfsizlik idoralari ularning ishlash ruxsatnomalarini to‘xtatib, mamlakatdan chiqarib yuborgan.
Hozirda qurilish maydonchalarida bor-yo‘g‘i 20 ming xorijlik ishlamoqda, shu sababli maydonlarning yarmida ishlar to‘xtatilgan.
Umumiy hisobda uchta mamlakatdan 65 ming nafar mehnat migrantlarini jalb etish rejalashtirilgan. Yangi ishchilar qurilish obyektlarida kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilishlari kerak.
Isroil uy-joy vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy ishchilarning birinchi guruhlari yaqin haftalarda kelishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi