Illustrativ foto: 24.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov gemodializga muhtoj barcha fuqarolarga bepul buyrak transplantatsiyasini amalga oshirishni buyurdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga tayanib, 24.kg xabar berdi.
“Prezident loyihasiga ko‘ra, avgust oyida uchta buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi o‘tkazildi va menga Qirg‘izistonda buyrak, jigar, suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi yuklandi. Buni keng miqyosda amalga oshirish uchun qonunni o‘zgartirish kerak edi. Jogorku Kenesh buni qabul qildi va prezident imzoladi”, — dedi u.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 2020 yildan buyon ko‘p ishlar amalga oshirilgan va bugungi kunda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar budjet hisobidan gemodializ olmoqda. Qirg‘iziston bo‘yicha jami 2685 nafar shunday bemorlar bor.
“Birinchi bosqichda 50 ta buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun davlat to‘lab berishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi — bu har biri uchun taxminan 7-10 ming dollar. Keyinroq prezident barcha muhtojlarning xarajatlari davlat tomonidan qoplanishiga qaror qildi. Bizda 2 ming 685 kishi gemodializ olmoqda. Buning uchun budjetdan 2,5 milliard som sarflanmoqda. Operatsiya taxminan 650 ming somga tushadi, hozir 105 kishi navbatda turibdi. Ular barcha kerakli testlarni topshirishga kirishmoqda”, — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, qirg‘izistonlik mutaxassislar ayni paytda Turkiyada organlarni transplantatsiya qilish bo‘yicha malaka oshirmoqda va fevral oyi oxirida Turkiyadan katta mutaxassislar guruhi keladi. U bundan keyin jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirishlariga umid bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi