Foto: “Pravila jizni”
AQSHning Minneapolis shahrida “J&D Dental” klinikasida Olli laqabli kuchuk ishlaydi. U tishlarini davolatishdan qo‘rqadigan bemorlarga ruhan yordam beradi.
Bir kuni stomatolog Eypril Klaynning oilasi tishlarni tozalash uchun klinikaga tashrif buyurdi. Uning turmush o‘rtog‘i stomatologik asboblardan qo‘rqardi. Uning qo‘rquvini sezgan kuchuk bemor ustiga sakrab o‘tirib oldi va uyquga ketdi. Ollini qurilma tovushlari ham bezovta qilmadi. Eyprilning eri bundan so‘ng ancha tinchlandi va kuchukcha boshqa bezovta bemorlarga ham yordam berishi mumkinligi g‘oyasini o‘ylab topdi. Klinika rahbari bunga rozilik bildirdi va shu tariqa Olli nafaqat uy hayvoni balki stomatologlarning hamkasbiga aylandi.
Foto: “Pravila jizni”
Olli klinika saytidagi “J&D Dental” xodimlari ro‘yxatiga qo‘shildi. It haftada bir kun ishlaydi va har smenada sakkiz nafarga yaqin bemorni ko‘radi. U odamlarni oyoqlariga yoki ko‘kragiga yotib, tinchlantiradi. Maosh sifatida Olliga yeguliklar beriladi.
Foto: “Pravila jizni”
Klinikada Olli bilan davolanishga oldindan ro‘yxatdan o‘tadigan bemorlar soni kun sayin ortib bormoqda, ammo kuchuk egalari uni ortiqcha bezovta qilmaslik uchun haftada bir kun ishlashi yetarli, deb hisoblaydilar.
Jurnalistlarga javoban, bemorlar Olli ishlagan kuni tish shifokoriga tashrif buyurish yanada qulayroq bo‘lishini aytishdi. Hatto tishlarini davolashdan qo‘rqmaydiganlar ham itni ko‘rish uchun klinikaga tashrif buyurar ekan.
Foto: “Pravila jizni” “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi