date

Nissadagi teraktlar natijasida 86 kishi halok bo‘lgan

Nissadagi teraktlar natijasida 86 kishi halok bo‘lgan

14 iyul kuni Nissada amalga oshirilgan terakt natijasida jabr ko‘rganlarning biri kasalxonada vafot etgan. Buni Fransiyaning qurbonlarga ko‘mak berish bo‘yicha davlat kotibi Jyulett Meadel so‘zlariga tayanib, “Tass” xabar bermoqda.
“Biz Nissadagi terakt chog‘ida yaralangan erkakning vafot etgani haqida qayg‘u bilan xabar topdik. Endi o‘ldirilganlar soni 86 kishini tashkil qilmoqda”, - deydi Meadel.

Nissadagi terakt 14 iyul kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bastiliya ishg‘ol qilingan kun munosabati bilan bayramona mushakbozlikni tomosha qilishga yig‘ilgan kishilarni yuk mashinasi bosib ketdi. Bundan tashqari, haydovchi odamlarga o‘q uzgan. Hodisa natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nissadagi teraktlar natijasida 86 kishi halok bo‘lgan