
Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Vladimir Putin ismi qo‘yildi. Bu haqda “nv86.ru” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Vladimir-Putin Goshgarovich 2024 yil 9 fevralda tug‘ilgan. Ota-onasi o‘g‘il farzand kutayotganini bilgach, unga bu ismni berishga qaror qilgan.
“Vatan uchun ko‘p ish qilgan prezidentimiz hech qachon unutilmasligi uchun o‘g‘limga shunday ism qo‘yishga qaror qildim”, — deydi chaqaloqning otasi.
Chaqaloq vazni 4,1 kilogramm, bo‘yi esa 56 santimetr. U va onasi o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Bolaning oilasi uni Putin deb chaqirmoqda.

Foto: “nv86.ru”
2014 yil Suriyada chaqaloqqa Vladimir Putin ismi qo‘yilgan edi.
Suriya armiyasida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchi bu orqali Putinga mamlakat hududida terrorizm bilan kurashda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirmoqchi bo‘lgan.
Bundan avvalroq esa Misrda tug‘ilgan chaqaloqqa Putin ismi berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar