Ukraina armiyasi shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun kerak bo‘lsa, orqaga chekinadi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, og‘ir harbiy yo‘qotishlari tufayli “Myasnik” (Qassob) laqabini olgan Aleksandr Sirskiy “ZDF” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men qaysidir pozitsiyani tark etganim ma’qul, lekin askarlarning o‘limiga yo‘l qo‘ymayman", – deydi ofitser.
Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi butun front chizig‘i bo‘ylab hujumga o‘tgan va Ukraina Qurolli kuchlari mudofaa amaliyotini boshlashga majbur bo‘lmoqda.
O‘tgan hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy iste’foga chiqqani va avval quruqlikdagi qo‘shinlarga rahbarlik qilgan Aleksandr Sirskiy qo‘shinlar bosh qo‘mondoni etib tayinlanganini e’lon qilgan edi. G‘arbning yetakchi matbuotiga ko‘ra, yangi harbiy rahbar munozarali obro‘ qozongan: u prezidentning yaqin tarafdori sanaladi. Bundan tashqari, askarlar harbiylar orasida ko‘p qurbonlar bo‘lgani uchun generalga “Myasnik” va “General 200” laqabini berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda