Zelenskiy: "Tramp Ukrainaga kelsa, u bilan frontga borishga tayyorman"

Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatga tashrif buyursa, u bilan birga frontga borishga tayyorligini aytdi. Ukraina prezidenti bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Men Trampni Ukrainaga taklif qildim. Lekin bu uning xohishiga bog‘liq", — dedi Zelenskiy.
Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u AQSH prezidentligiga barcha nomzodlar, har ikki Amerika partiyasi vakillari bilan muloqotga tayyor, chunki ular Rossiya—Ukraina urushida haqiqatda nimalar sodir bo‘layotganini bilishi kerak.
"Agar janob Tramp kelsa, men u bilan birga frontga borishga tayyorman. Biz urushni qanday tugatish haqida o‘ylasak, odamlarga urushning bor dahshatini ko‘rsatishimiz kerak. Instagram'da bu haqda yozilayotgan postlar boshqa, haqiqiy urush umuman boshqacha", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatga tashrif buyursa, u bilan birga frontga borishga tayyorligini aytdi. Ukraina prezidenti bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Men Trampni Ukrainaga taklif qildim. Lekin bu uning xohishiga bog‘liq", — dedi Zelenskiy.
Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u AQSH prezidentligiga barcha nomzodlar, har ikki Amerika partiyasi vakillari bilan muloqotga tayyor, chunki ular Rossiya—Ukraina urushida haqiqatda nimalar sodir bo‘layotganini bilishi kerak.
"Agar janob Tramp kelsa, men u bilan birga frontga borishga tayyorman. Biz urushni qanday tugatish haqida o‘ylasak, odamlarga urushning bor dahshatini ko‘rsatishimiz kerak. Instagram'da bu haqda yozilayotgan postlar boshqa, haqiqiy urush umuman boshqacha", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…