Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yana bir bor Ukraina va Rossiyani Istanbulda Qora dengiz «don yo‘lagi» bo‘yicha muzokaralar stoliga o‘tqazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Bu haqda Erdo‘g‘an Albaniyada «Ukraina - Janubiy-Sharqiy Yevropa» sammiti ishtirokchilariga murojaati chog‘ida aytdi. Turkiya rahbari mamlakati Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, Qrim tatarlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirayotganini ta’kidladi.
«Urushning uchinchi yiliga kirganimizga va barcha sa’y-harakatlarimizga qaramay, tinchlik o‘rnatish yo‘lida yetarlicha olg‘a siljish yo‘q. Men diplomatiya va muloqotga urushni adolatli va mustahkam tinchlik bilan tugatish imkoniyati berilishi kerak, degan qarashlarimda qolaman. Bu juda muhim, bu maqsadga erishish uchun barcha diplomatik kanallardan foydalanish kerak. Menimcha, hech bo‘lmaganda tinchlikning umumiy parametrlarini aniqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni boshlash lozim. Bu borada biz Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tinchlik rejasining 10 bandini tubdan qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an tinchlik tashabbuslari uchun har ikki tomonni birlashtirish muhim ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qora dengiz bo‘ylab don yetkazish tashabbusi kun tartibida qolmoqda, biroq Qora dengizdagi tijorat kemalarining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga ehtiyoj bor.
«Shu doirada biz Qora dengizda xavfsizlik majburiyatlarini o‘z ichiga olgan yangi qoidalarni o‘rnatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan aloqalarimizni davom ettirmoqdamiz. Qolaversa, tinchlik o‘rnatish uchun avval Istanbulda boshlagan muzokara jarayonini qayta boshlashga tayyormiz», dedi Erdo‘g‘an. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi