Turkiyaning 2022 yil bahoridagi Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muloqot o‘rnatishga urinishlari kerakli qo‘llab-quvvatlovni topa olmagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Antaliyadagi diplomatik forumning rasmiy ochilish marosimida ma’lum qilgan.
«Mana, Antaliyada Istanbul tinchlik jarayoni boshlangandi. Keyin tinchlikka erishish umidlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ammo, afsuski, kerakli yordam ko‘rsatilmagani tufayli sa’yi-harakatlarimiz zoye ketdi», — dedi Erdo‘g‘on va mojaroning «uchinchi yiliga kirgani» sababi sifatida muloqotning uzilishini ko‘rsatdi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mojaro tomonlarini yarashtirish uchun tarixiy imkoniyat boy berilgan.
Erdo‘g‘on, shuningdek, mavjud xalqaro tizimni inqirozlar va harbiy mojarolarni hal qilishda samarasiz deb atadi va Suriya, Yaman, Liviya va Ukrainadagi harbiy amaliyotlarni misol qilib keltirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «qoidalarga asoslangan ushbu tizimning yaroqli emasligi eng ko‘p G‘azoda yaqqol ko‘rinib turibdi» va BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa xalqaro institutlarni Falastin-Isroil mojarosini hal qilishda chora ko‘rmaganlikda aybladi.
Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar maydoniga aylanishga tayyorligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi