608
Ukrainada urushning 740-kuni: Rossiya shaharlari bo‘ylab tashviqot poyezdi harakatlanmoqda (foto)
![Ukrainada urushning 740-kuni: Rossiya shaharlari bo‘ylab tashviqot poyezdi harakatlanmoqda (foto)](/uploads/posts/2024-03/d8d42c0655_f619dyb5v3eqtmqqb-c_yc1jqb0n4ka9.webp)
Samara oblastida shikastlangan ko‘prik
![](/uploads/posts/2024-03/b0bcdde55b_mhpvqki_-ghgmhf0injmapm1kiybtlba.webp)
Samara oblastida portlash oqibatida Chapayevka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qisman shikastlandi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan, ammo bu poyezdlar harakati grafigiga ta’sir ko‘rsatgan. Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi «temiryo‘l ko‘prigi safdan chiqarilgan faktini tasdiqlagan». Boshqarmadagilarning hisoblashicha, ko‘prikdan Chapayevkadagi «Polimer» zavodida ishlab chiqarilgan harbiy yuklarni tashish uchun foydalanilgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi texnikalari
Donetsk oblasti asosiy janglar kechayotgan joy bo‘lib qolmoqda. Fevral oyi o‘rtalarida Avdiyivkani egallagan Rossiya qo‘shini muvaffaqiyatni rivojlantirishga harakat qilmoqda. «Tavriya» operativ-strategik qo‘shinlar guruhi rasmiy vakili Dmitro Lixoviy 4 mart kuni Avdiyivka yo‘nalishida RF qo‘shinlari harakatini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, RF qurolli kuchlari Novopavlovsk yo‘nalishidagi (oldingi Maryinka) Novomixaylovkani egallash uchun zaxira kuchlarni olib kelishda davom etmoqda.
![](/uploads/posts/2024-03/6351f84422_cqljoazu0ffvyys84cyd2ln_mpe5gzdd.webp)
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/466188fe75__at0cencfxcr_zvuhnma7hm4dyzjgamp.webp)
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/34dbd8af38_b9o8_icaxaixgxbxj1emly3zjpwezzxm.webp)
Hector Adolfo Quintanar Perez / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyasi
Rossiyalik harbiylar 2023 yil bahorida egallab olgan Baxmut atrofida janglar davom etmoqda. Amerikaning Urushlarni o‘rganish institutining (ISW) 4 mart kungi hisobotida aytilishicha, RF qo‘shini Ivanovske aholi yashash punktini egallashga urinmoqda, ukrainlarning moddiy-texnik ta’minot yo‘li shu yer orqali o‘tadi.
![](/uploads/posts/2024-03/a5d31486b3_ymh-vpsumb4rqx7pgpbht0co-cp6zvtt.webp)
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
RF mudofaa vazirligining «Kuch haqiqatda» targ‘ibot poyezdi
RF mudofaa vazirligi 23 fevraldan 8 mayga qadar «targ‘ibot-propaganda aksiyasi»ni o‘tkazmoqda, uning doirasida Rossiya shaharlari bo‘ylab «Kuch haqiqatda» («Sila v pravde») poyezdi harakatlanadi. Tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, poyezd Moskvadan Vladivostokka borib, ortga qaytadi, yo‘l davomida 75 stansiyada to‘xtaydi. «Targ‘ibot poyezdi tarkibi Ulug‘ Vatan urushi qurolli va harbiy texnikalari namunalari aks ettirilgan „Bu kunlar shon-shuhratni o‘chira olmaydi“ tematik vagoni, shuningdek ekspozitsiyasi Ukraina rahbariyati va ular tomonidan singdirilgan natsizm mafkurasining jinoiy niyatlarini fosh etuvchi „Orzudagi alyans“ vagonini o‘z ichiga oladi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi tarqatgan press-relizda.
![](/uploads/posts/2024-03/02d36c555b_mhmbwnoqcqgr5wi6k25jebegjoynrdxo.webp)
«Sila v pravde» Rostov-Dondagi vokzalda. Targ‘ibot poyezdi tarkibida Ukrainadagi janglarda qo‘llanayotgan harbiy texnikalar namunalari ham bor
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/d8d42c0655_f619dyb5v3eqtmqqb-c_yc1jqb0n4ka9.webp)
Rossiya aholisiga Ukraina qurolli kuchlarining o‘lja qilib olingan texnikalari va qurol-aslahalari ham namoyish etilmoqda
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/830899c92b_jtjhneom7p11grpwitmk0urahrmwhnq3.webp)
Targ‘ibot poyezdi ekspozitsiyasidan qurol namunalari, masalan, ukrain harbiylari tomonidan foydalanilgan yelkada olib yuriluvchi zenit-raketa komplekslari ham o‘rin olgan
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/811c6dbb87_qcnb_jhjrvl_jxdrgymbgkhswsm5suuj.webp)
«Sila v pravde» Rossiya shaharlari bo‘ylab Amerikaning Bradley piyodalar jangovar mashinasini ham olib o‘tmoqda
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2024-03/4f3e15e2bc_psn_nswyk5pqnliwf5qvyjbavtmszj_7.webp)
Targ‘ibot poyezdi yaqinida shartnoma asosida armiyaga qabul qilish punkti bo‘ladi
Sergey Pivovarov / Reuters / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)](/uploads/mini/mini/0a/photo_2025-01-12_16-21-07-lrgxm83k.jpg)
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
![Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)](/uploads/mini/mini/9e/2-bxh_gzwv.jpg)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
![Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?](/uploads/mini/mini/7e/a425820c59_snimok2.jpg)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
![Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)](/uploads/mini/mini/a0/12.jpg)
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
![Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi](/uploads/mini/mini/3c/9592080cb74c.jpg)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
![Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi](/uploads/mini/mini/62/xtbi00rdumak_b8lyyrp4i0mkdpk10sn.jpg)
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
![Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi](/uploads/mini/mini/bd/rhhzs3s4kgo8k-7mv9xfdh3d2ooubxa_.jpg)
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
![Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi](/uploads/mini/mini/dc/photo_2025-01-11_22-09-36-xoqyyccf.jpg)
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi