7 oktyabrdagi HAMAS hujumi rejasini ishlab chiqqan harakat qo‘mondoni yo‘q qilindi

7 oktyabrdagi HAMAS hujumi rejasini ishlab chiqqan harakat qo‘mondoni yo‘q qilindi
Arxiv foto: VOA News
Isroil mudofaa kuchlari 7 oktyabrdagi HAMAS hujumi rejasini ishlab chiqqan harakat rahbari Ammar Attiya Darvish al-Udey harbiy operatsiya paytida o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda Isroil va arab nashrlari xabarlariga tayanib, Al Jazeera nashri batafsil ma’lumot berdi.

U 7 oktyabrdagi qirg‘inga tayyorgarlik ko‘rishda markaziy rol o‘ynagan, shuningdek, 2008 yildan beri HAMASning raketa arsenalini G‘azoda joylashtirish va Isroilga qarshi raketa hujumlari sodir etish uchun mas’ul bo‘lgan”, — deyilgan Isroil Mudofaa kuchlari bayonotida.

HAMAS harakati qo‘mondon al-Udeyning o‘limi haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Qator arab nashrlari Isroil bayonoti uchun asos va isbot so‘ragan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar