Foto: AFP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaning Ukraina harbiylari Rossiya armiyasining mamlakat sharqidagi hujumini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Bu haqda u BFMTVga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Frontdagi vaziyat oxirgi uch oyga qaraganda ancha yaxshi”, — dedi Zelenskiy.
Siyosatchi ukrain harbiylari “artilleriya snaryadlari yetishmasligi, havo hududining blokirovka qilinishi, Rossiyaning uzoq masofaga uchuvchi qurollari va dronlarining zichligi yuqoriligi tufayli” qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini aytdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina qurolli kuchlari yetarlicha yordam olmasa, vaziyat “bir oy yoki bir hafta” ichida o‘zgarishi mumkin. Rus qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Avdeyevka shahrini egallab olgandan so‘ng hujumlarni davom ettirmoqda.
AQSH Kongressi Kiyevga harbiy yordamning yangi paketini tezda ma’qullamoqchi emasligi va Yevropa davlatlarining snaryadlar yuborish bo‘yicha o‘z va’dalarini bajara olmagani fonida Ukraina o‘q-dorilarning keskin taqchilligini boshdan kechirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi