Foto: IRNA
Eron Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Nosir Kanoniy Isroil rejimining G‘azo shahridagi Al-Shifo kasalxonasiga uyushtirgan vahshiyona hujumini keskin qoraladi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
“Afsuski, sionistik rejim barcha xalqaro qonun va qoidalarni buzgan holda shifoxonaga hujum uyushtirib, tibbiyot xodimlari, bemorlar va yaradorlarni qirg‘in qilishi, yarador qilishi yoki asirga olishiga dunyo birinchi marta guvoh bo‘layotgani yo‘q”, — degan Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Nosir Kanoniyga ko‘ra, xalqaro gumanitar huquq doirasida himoya qilinishi kerak bo‘lgan tibbiyot muassasalariga hujum qilish xalqaro inson huquqlari va insonparvarlik tamoyillarining qo‘pol ravishda buzishdir. Buni sodir etganlar jazosiz qolishi kerak emas.
Avvalroq Isroil ishg‘ol kuchlari Al-Shifo kasalxonasiga tanklar va artilleriya bilan bostirib kirib, tibbiyot majmuasida boshpana topgan bir qancha falastinliklarni o‘ldirgani va yaralagani ma’lum qilingan edi. Arab nashrlari kasalxona to‘liq o‘rab olingani haqida xabarlar tarqatgan.
Xabarlarga ko‘ra, Al-Shifo kasalxonasida ayni damda 30 ming kishi qamalib qolgan. Hududda gumanitar yordam paketlari allaqachon tugab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)