05:00 / 20.03.2024
302

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi otishmalarda 130 dan ortiq turar joy, 60 dan ortiq avtomobil shikastlandi

Rossiyaning Belgorod viloyatidagi otishmalarda 130 dan ortiq turar joy, 60 dan ortiq avtomobil shikastlandi
Foto: “TASS”
Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatida otishmalar natijasida 19 mart kuni 130 dan ortiq turar-joy va 60 dan ortiq yo‘lovchi avtomobillariga zarar yetdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Viloyatdagi harbiy harakatlar intensivlashuvi haqida dastlab viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov ma’lum qilgan. Mahalliy nashrlar bir qism aholi evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqatgan.

Belgorodda Ukraina qo‘shinlarining uchta yirik qo‘poruvchiligi natijasida 6 nafar tinch aholi vakili tan jarohati oldi. Halok bo‘lganlar yo‘q. 9 ta ko‘p qavatli uydagi 26 ta xonadon, 19 ta yakka tartibdagi uy, 27 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt, bitta ijtimoiy ahamiyatga ega obyekt, va 63 ta turli binolar shikastlangan”, — deyiladi Belgorod viloyati rahbariyati bayonotida.

Viloyat gubernatori ma’lum qilishicha, Belgorod yaqinida Ukrainaning yigirma uchta harbiy droni urib tushirilgan. Belgorod tumanining o‘zida 93 ta bino shikastlangan. Nikolskoye qishlog‘idagi turar joy binosiga snaryad tushib, to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Rossiya hududiy nashrlari Ukrainaning havo va quruqlikdan hujumlari davom etayotganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo