17:33 / 23.03.2024
777

Kechagi teraktda terrorchilardan birining avtomatini olib qo‘ygan yigit voqeani so‘zlab berdi (video)

Kechagi teraktda terrorchilardan birining avtomatini olib qo‘ygan yigit voqeani so‘zlab berdi (video)
Moskva viloyatida Crocus City Hall’dagi teraktda terrorchilardan birining avtomatini olib qo‘ygan yigit voqeani so‘zlab berdi.

U voqea haqida “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib bergan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning shaxsi oshkor qilinmagan. Yigitning ta’kidlashicha, zinadan tushayotgan vaqtda odamlarni otayotgan terrorchiga duch kelishgan. U avtomatni qayta o‘qlayotgan paytida yigit vaziyatdan foydalanib qolgan.

"Biz zinadan tushib ketayotgan paytda odamlarni sovuqqonlarcha otib tashlayotgan erkak bilan yuzma-yuz keldik. U avtomatini qayta o‘qlayotgandi. Men turmush o‘rtog‘imning ko‘ziga qarab, dahshatni ko‘rdim va nimadir qilish kerakligini tushundim. Terrorchini chap tarafdan aylanib o‘tib, avtomatini ushlab oldim va qo‘lim bilan yuziga musht tushirdim. Yana bir erkak yonimga yugurib kelib, menga yordam berdi. Biz terrorchini yerga qulatdik", — dedi yigit.

Ayni mazkur hodisa sabab o‘nlab insonlarning hayoti saqlab qolingani aytilgan.

Teraktda gumonlanib ushlangan shaxslardan biri bu ishni pul uchun qilganini tan olgandi.

Gumondor 4 mart kuni Turkiyadan uchib kelganini aytib, terakt uchun unga 500 ming rubl (67 mln so‘mdan ziyod) taklif qilinganini ta’kidlagan. Undan aynan kimning o‘limi uchun pul taklif qilingani so‘ralganda, istalgan fuqaro uchun ekanini bildirgan.

E’lon qilingan kadrlarda erkak o‘zini Fariddun Shamsutdin deya tanishtirgan, shuningdek, tug‘ilgan sanasi 1998 yil 17 sentyabr ekanini aytgan. Unga zaldagi barcha odamlarni o‘ldirish topshirig‘i berilganini qayd etgan. Qolaversa, jinoyati uchun unga taxminan 1 million rubl va’da qilinganini ham tan olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kechagi teraktda terrorchilardan birining avtomatini olib qo‘ygan yigit voqeani so‘zlab berdi (video)