130
Eron vitse-prezidenti: “Eron terrorizmga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor”
Foto: IRNA
Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Moxber 22 mart kuni Moskvada sodir etilgan teraktni qoralab, Tehron terrorizmga qarshi kurashda Moskva bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
“Dunyoning istalgan nuqtasida terrorizm va begunoh fuqarolarning o‘ldirilishi qoralanadi va bu jinoyatni sodir etgan yoki qo‘llab-quvvatlagan har qanday hukumat yoki guruh xalqaro sudlarda ta’qib qilinishi va jazoga tortilishi kerak”, — degan Muhammad Moxber Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinga yo‘llagan maktubida.
Maktubda Eron rasmiysi Moskvadagi Crocus City Hall'da sodir bo‘lgan va ko‘p sonli fuqarolarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik hodisasi munosabati bilan Rossiya rahbariyatiga va xalqiga hamdardlik yo‘llagan.
Tehron vakili xalqaro terrorizmga qarshi kurashda Eron va Rossiya hamkorligi yanada mustahkam bo‘lishi, mamlakat ichida tartib-nazorat tizimi yaratish borasida birgalikda harakat qilinishi kerakligini urg‘ulagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi