Moskvadagi «Krokus» konsert zalida sodir etilgan terakt oxirgi kunlarning eng ko‘p muhokama qilinayotgani mavzusiga aylandi. Teraktni sodir etganlar tojikistonlik muhojirlar ekani ma’lum bo‘ldi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rossiyalik hamkasbi Putin bilan telefon suhbatida va 25 mart kuni Navro‘z tantanalari vaqtida so‘zlagan nutqida bu mudhish voqea haqida gapirdi.
24 mart kuni Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati o‘tkazib, Moskva oblastidagi teraktni kechkin qoralab, terrorchilarning millati bo‘lmasligiga urg‘u berdi. Suhbat Tojikiston tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan: «Terrorchilarning vatani, millati va dini bo‘lmaydi», degan Rahmon xususan Putin bilan suhbatida.
Tojikiston prezidenti Putinga barcha tojikistonliklar Rossiyadagi mudhish voqea sabab rossiyaliklarga hamdard ekanini aytgan. Suhbat davomida tomonlar terrorizm va diniy radikalizmga qarshi birgalikda kurashish borasida kelishib olgan.
Navro‘z bayrami munosabati bilan Tojikistonda o‘tkazilgan «Shodlik karvoni» tadbirlarida nutq so‘zlagan Rahmon yana bir bor Moskvadagi terakt haqida gapirdi va ota-onalar farzandi tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
«Moskva yaqinida qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan dahshatli voqealar barchamizni, ayniqsa ota-onalarni farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishga undaydi. Bolalarimizni bunday vayronkor guruhlarga aralashib qolishidan saqlashimiz lozim. Ular tojiklar suveren davlati, o‘z ota-onalari va tojik millati sharafini himoya qilishi kerak», deb Rahmonning so‘zlarini keltirgan Tojikiston prezidenti rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”