20:20 / 27.03.2024
365

AQSH: ISHIDning Xuroson bo‘linmasi faoliyatidan xavotirdamiz

AQSH: ISHIDning Xuroson bo‘linmasi faoliyatidan xavotirdamiz
Foto: PBS
AQSH davlat departamenti ISHIDning Xuroson bo‘limi faoliyati salohiyatidan xavotir bildirdi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Vashingtondagi matbuot anjumanida tegishli bayonot berdi. Rossiya va Eronda ISHID Xurosoni uyushtirgan hujumlarga to‘xtalib, u AQSH ikkala davlatni ham terror hujumi haqida ogohlantirganini eslatdi.

Metyu Miller Yevropada so‘nggi hibsga olish jarayonlariga ham to‘xtalib, bu ISHIDning dunyoda faolligi uchun tashvish uyg‘otuvchi boshqa holatlar ekanini aytdi.

Biz ISHID Xurosoni tahdidlariga qarshi hushyor bo‘lishimiz kerak va bu borada ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan ishlayapmiz”, — dedi Miller.

U Afg‘oniston terrorchilar uchun xavfsiz boshpanaga aylanmasligi kerakligini ta’kidlab, ular “Tolibon”ni bu bo‘yicha ogohlantirganini eslatdi. AQSH davlat departamenti bayonotlari Rossiyada sodir etilgan qonli hujumdan so‘ng ISHID Xurosonining Afg‘onistondagi faoliyati jiddiy xavotirga aylangan bir paytda aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo