Foto: Anadolu
Rossiya hukumati gumanitar halokat yoqasidagi G‘azo sektoriga 27 mart kuni 29 tonnadan ortiq hajmdagi yordam paketi jo‘natdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida aytilishicha, maxsus reys El-Arish shahridagi Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga insonparvarlik yordamining 20-partiyasini yetkazgan. Endilikda yordam paketi u yerdan G‘azoga yo‘naltiriladi.
Insonparvarlik yordami don, un, shakar va boshqa uzoq muddatli saqlash mahsulotlari hamda shaxsiy gigiyena vositalaridan iborat ekanligi aytilgan. Yuklarning aksariyati Rossiyaning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi rasmiylari tashabbusi bilan yig‘ilgan.
“Umumiy gumanitar missiya boshlangandan beri Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20 ta partiyada jami 480 tonnadan ortiq yordam yetkazib berdi”, — deyiladi rasmiylar xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ommaviy vayronagarchilik va zaruriy narsalar yetishmasligi oqibatida G‘azoda shu paytga qadar 32 400 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 74 800 ga yaqini yaralangan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil urushi G‘azo aholisining 85 foizini oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida ichki ko‘chishga majbur qilgan, anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi