16:30 / 29.03.2024
556

ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi

ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Foto: Videodan kadr
ISHIDning rasmiy vakili Abu Hutayfa al-Ansoriy tashkilot tarafdorlarini hamma joyda, xususan, AQSH, Yevropa va Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Tegishli bayonot terrorchilik tashkilotining Telegram-kanalida e’lon qilingan. Unda ISHID tarafdorlari AQSH, Yevropa va Isroilda “salibchilar”ni nishonga olishga chaqirilgan.

Yahudiylar bilan cheksiz diniy urushda yuzma-yuz kurashishingiz uchun Falastinga yetib olishingizni Xudodan so‘raymiz”, — degan al-Ansoriy.

Shuningdek, u Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida 140 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni olqishlagan. ISHIDning asosiy spikeri teraktga “Viloyat Xurosoni” bo‘limi aloqadorligini tasdiqladi. ISHID rasmiy vakili Abu Huzayfa esa mazkur bo‘lim ularning bir qismi ekanini aytib, ISHIDning Afg‘oniston bo‘limi jangarilari “Rossiya va uning poytaxtiga zarba berganini” ta’kidladi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi