459
ISHID tashkilotining Xuroson bo‘limi rahbari Pokistonning Balujiston viloyatida yashamoqda
Foto: Ava Press
ISHID tashkilotining Xuroson bo‘limi rahbari Shahab al-Muhojir Pokistonning Balujiston viloyati hududida yashamoqda. Bu haqda Ava Press nashri xorijiy razvedka ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Shahab al-Muhojir nomi bilan tanilgan Sanoulloh G‘afariy o‘tgan yilning iyun oyida Afg‘onistonning Kunar viloyatida o‘ldirilgan deb e’lon qilingan edi. Reuters agentligi esa uning Pokistonga qochib ketgani va chegaradagi Balujiston viloyatida yashayotgani haqida xabar bergan.
Reuters ma’lum qilishicha, ISHID terrorchilik guruhi o‘zining markaziy boshqaruvidan so‘nggi yillarda mahrum bo‘lgan bo‘lsa-da, uning bo‘limlari butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan. Uyushmagan guruhlar esa oldingidan kam bo‘lmagan tahdidlarni yuzaga keltirmoqda.
Manbada aytilishicha, Moskva hujumi ortida turgan guruh ham aynan Pokiston va Afg‘onistonda joylashgan ISHID Xurosonidir.
ISHID Xurosoni uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyo davlatlaridan muhojirlar va jangarilarni yig‘ib, ularni Rossiyada terakt uyushtirishga o‘rgatgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi