Xitoyda to‘y fotosessiyasi paytida ot kelinni olib qochdi

1 daqiqa o'qish2
Xitoyda to‘y fotosessiyasi paytida ot kelinni olib qochdi

Xitoyda to‘y fotosessiyasi kutilmagan sarguzashtga aylandi. Ot ustida suratga tushayotgan kelinni hayvon birdaniga chopib ketib, ancha masofaga olib borgan. Kuyov va fotosessiya jamoasi esa otning ortidan yugurishga majbur bo‘lgan.

The Paper nashrining xabar berishicha, voqea 8 noyabr kuni Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahridagi fotostudiyalardan birida sodir bo‘lgan. O‘z ismining faqat Chjen familiyasini ma’lum qilgan kelin o‘sha kuni birinchi marta otga mingan.

Fotosessiya davomida ularning yonidan border-kolli zotli it yugurib o‘tgan. Ot itning ortidan chopib ketgan va ustidagi kelinni ham o‘zi bilan olib qochgan. Kuyov, fotograf va studiya xodimlari otni quvib, uni to‘xtatishga harakat qilgan.

Oxir-oqibat, xodimlar otni ovoz chiqarib chaqirish orqali to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Kelin hodisa oqibatida jarohat olmagan. Shundan so‘ng juftlik fotosessiyani davom ettirib, suratga tushishni yakunlagan.

Kelinning aytishicha, ot birdaniga chopib ketganida u qattiq qo‘rqqan va yiqilib tushmaslik uchun mahkam ushlab olgan. Biroq xavfsiz joyga tushganidan keyin bu voqeani hayajonli sarguzasht sifatida eslagan va kelajakda ot minishni o‘rganish niyati borligini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?