20:30 / 09.04.2024
78

Qatar o‘zbekistonlik arabshunoslarni tayyorlashga ko‘maklashadi

Qatar o‘zbekistonlik arabshunoslarni tayyorlashga ko‘maklashadi
Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar universiteti rektori, doktor Umar Al-Ansoriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida Umar Al-Ansoriy Qatar universiteti va O‘zbekistonning tegishli oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim tizimi faoliyati bo‘yicha ma’lumot almashildi.

Muzokaralar natijasida joriy o‘quv yilida "Xorijliklar uchun arab tili kurslari" bir yillik dasturi doirasida o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish va talabalar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarida kelishuvlarga erishildi.

Qatar universiteti 1977 yilda tashkil etilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi mamlakatdagi eng katta davlat universiteti hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar o‘zbekistonlik arabshunoslarni tayyorlashga ko‘maklashadi