date
views 208

Aktyor Uill Smit Jeki Channi 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi

Aktyor Uill Smit Jeki Channi 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi
7 aprel kuni Uill Smit afsonaviy aktyor Jeki Channi tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va unga chuqur minnatdorlik bildirdi. Ular uzoq yillar davomida oilaviy do‘st tutinib kelgan.

Foto: Instagram
Uill Smit Instagram'da yozgan postida ta’kidlashicha, o‘g‘lining tarbiyasida Jeki Channing o‘rni beqiyos. 25 yoshli Jeyden 2010 yilda “Karatechi bola” filmida Chan bilan birga rol ijro etgan edi.

Foto: Instagram
Do‘stim Jeki Chan! Sizni 70 yoshingiz bilan muborakbod etaman. Sevimli filmlarimizdagi ajoyib lahzalardan tashqari, o‘g‘lim Jeydenni tarbiyalashda qo‘shgan hissangiz va yordamingiz uchun sizdan juda minnatdorman”, — deb yozdi 55 yoshli Uill Smit.

Postda aktyor Jeki Chan va uning o‘g‘li bilan tushgan fotosuratlar bilan bo‘lishdi va iliq tilaklar bildirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Uill Smit Jeki Channi 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi