10:30 / 15.04.2024
154

Isroil Eronga kerakli vaqtda javob qaytarishga va’da berdi

Isroil Eronga kerakli vaqtda javob qaytarishga va’da berdi
Foto: Reuters
Isroil hukumati Eronga zudlik bilan javob zarbasi berishni rejalashtirmayapti, ammo kelajakda Eron tahdidiga qarshi mintaqaviy koalitsiya tuzish niyatida. Bu haqda Isroil armiyasining, zahiradagi general-leytenanti, harbiy vazirlar mahkamasi a’zosi Benni Gans ma’lum qildi.

Eron tahdidiga duch kelgan holda, biz mintaqaviy koalitsiya tuzamiz va Eronga o‘zimizga mos keladigan usul va vaqtda tovon to‘latamiz. Eng muhimi, dushmanlarimizning bizga zarar yetkazish istagi oldida biz birlashib, kuchayib boramiz”, — dedi Gans.

U Eronga zudlik bilan javob zarbasini berishni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi. Benni Gansning fikricha, “Eron global va mintaqaviy muammodir”.

Kecha dunyo bu xavf-xatar oldida Isroil bilan yaqqol birga edi. Isroil, dunyo Eronga qarshi bo‘lishi bu natija va Isroil xavfsizligi uchun foydalanishimiz kerak bo‘lgan strategik yutuqdir”, — dedi vazir.

Gans Isroil rasmiylari mintaqaviy koalitsiyani aynan kim bilan tuzish niyatida ekanini aytmadi. Isroil mintaqada Misr va Iordaniya bilan diplomatik aloqalarni saqlab turibdi, biroq ikkinchisi 2023 yil noyabrida G‘azo sektoridagi hujumlarga norozilik bildirish uchun o‘z elchisini chaqirib olgan.

Isroilning asosiy ittifoqchilari AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadir. Erondan Isroilga tungi raketa hujumini izohlar ekan, Benni Gantz “voqea tugamadi”, deb ta’kidladi.

Eronning Isroilga hujumi va sabab

14 aprel kuni Eron tunda 300 dan ortiq dron, qanotli raketalar va ballistik raketalar bilan Isroilga hujum qildi. Bunga Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga 1 aprel kuni bergan aviazarbasi sabab bo‘ldi. Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016 yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafar Livan fuqarosi vafot etdi.

Holat yuzasidan AQSH razvedkasi Isroilni Eron tomonidan qasos hujumi bo‘lishidan ogohlantirdi, Bayden yahudiy davlatini doim qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Eronni hujum qilmaslikka chaqirdi. Bunga javoban Eron agar amerikalik harbiylar Isroil tomonda ularga qarshi jang qilsa, nishonga olinishlaridan ogohlantirdi. O‘z navbatida, AQSH harbiylari hafta oxirida Eron va Yamandan Isroilga uchirilgan 80 dan ortiq dronni urib tushirdi. Ular orasida kamida olti ballistik raketa ham bo‘lgani ma’lum qilindi.

Isroil armiysining da’vo qilishicha, 14 aprel kuni mamlakatga yaqinlashayotgan raketa va dronlarning 99 foizi Arrow uzoq masofali raketaga qarshi mudofaa tizimi va qiruvchi samolyotlar tomonidan yo‘q qilingan. Eron harbiy shtab-kvartirasi hujumni “muvaffaqiyatliroq” deb atadi va javob hujumi bo‘lgan taqdirda “kattaroq kuch bilan” zarba berishga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eronga kerakli vaqtda javob qaytarishga va’da berdi