Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan Eronning markaziy qismidagi Isfahon osmonida urib tushirilgan Isroil dronlari mamlakatga hech qanday jismoniy va moddiy zarar keltirmaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tarafdorlari «mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishga va butun vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatishga» behuda urinishgan.
«Urib tushirilgan uchuvchisiz moslamalar hech qanday moddiy va jismoniy zarar keltirmagan», - deya ta’kidladi u.
Bundan oldin Eron armiyasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Isfahon osmonida bir nechta uchuvchisiz uchoqlar tutib olingani ma’lum bo‘lgan edi.
19 aprelga o‘tar kechasi Isroil Eron hududiga hujum boshladi. Bu haqda ABC News amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Erondagi portlashlar haqida gapirmagan va «bu mavzu bo‘yicha hozircha hech qanday izohlari yo‘qligini» aytgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘z navbatida Isroil ham Eronning bir necha kun avvalgi zarbalarining 99 foizi qaytarilganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti