Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Xarkiv shahridagi teleminoraga zarba berdi.
Qayd qilinishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Moskva vaqti bilan taxminan 16:36 da zarba berib, Derevyanko ko‘chasida joylashgan minoraning uchdan bir qismini qulatgan. Ta’kidlanishicha, konstruksiyaga Ukraina havo mudofaasi (havo hujumidan mudofaa) aloqa antennasi o‘rnatilgan.
Xarkiv viloyati harbiy boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, zarbadan keyin televizion signalda uzilishlar boshlangan, aholidan hech kim jabrlanmagan.
Ukrainaning Rossiyaga yaqin joylashgan yettita hududi bir necha kunlardan beri ruslarning raketa zarbalaridan jabr ko‘rmoqda. Bular Xarkiv, Odessa, Xerson, Zaporijjya, Chernigiv, Sumi va Dnipropetrovsk oblastlaridir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi