18:29 / 23.04.2024
237

Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi

Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi
Foto: Google Images
Xitoyda xorijda yashirinib yurgan va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan Xitoy fuqarolarini topish va hibsga olish maqsadida “Tulki ovi” deb nomlangan korrupsiyaga qarshi kampaniya boshlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi hududiy boshqarmalari suddan qochib, noqonuniy yo‘l bilan olingan daromadlarni xorijga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan shaxslarni qidirish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.

2014 yilda boshlangan "Tulki ovi" operatsiyasining shu paytgacha bo‘lgan davrida Xitoy huquq-tartibot idoralari 120 ta davlat hududida yashiringan 9 mingdan ortiq gumondorni o‘z vataniga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Musodara qilingan aktivlarning umumiy qiymati 49 milliard yuanni (6,7 milliard dollar) tashkil etdi.

Xitoy hukumati 2012-yilda Si Szinpin boshchiligidagi beshinchi avlod yetakchilari hokimiyatga kelganidan beri korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirdi. So‘nggi yillarda Xitoy Kommunistik partiyasining ko‘plab rasmiylari va a’zolari o‘z lavozimlarini yo‘qotib, qamoq jazolariga, jumladan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ba’zi korrupsionerlar esa eng og‘ir jazo — o‘limga hukm qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi