10:06 / 01.05.2024
116

Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto:CNBC
Dunyodagi eng yirik Binance kriptovalyuta birjasi asoschisi Changpeng Chjao aybini tan olgani sababli 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Sietl federal sudidagi prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosi, himoyachi esa besh oylik sinov muddatini so‘ragan. Chjao bank siri to‘g‘risidagi qonun talabiga binoan pul yuvishga qarshi samarali dasturni ataylab amalga oshirmaganlikda ayblangan. Shuningdek, u Binance'ga noqonuniy faoliyatdan olingan daromadlarni, jumladan, amerikaliklar va sanksiyadagi shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini boshqarishga ruxsat berganlikda ayblanmoqda.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, Chjao AQSH qonunlarini “misli ko‘rilmagan miqyosda” buzgan va Binance'ning qonuniy majburiyatlarini “ataylab e’tiborsiz qoldirgan”.

Chjao qo‘lga olinmasligi, shunday bo‘lgan taqdirda ham oqibati jinoyatdek og‘ir bo‘lmasligi borasida bahslashgan. Ammo u qo‘lga olindi va endi sud Chjao o‘z jinoyatlari uchun qanday tovon to‘lashini hal qiladi”, — deyiladi memorandumda.

Noyabr oyida Chjao, odatda SZ nomi bilan tanilgan, AQSH hukumati bilan Binance kompaniyasiga nisbatan ko‘p yillik tergovni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv doirasida Chjao kompaniyaning bosh direktori lavozimidan ketdi, u endi kompaniyani boshqarmaydi. Chjao Binance aksiyalarining taxminan 90 foiziga egalik qiladi.

AQSH Binance'dan 4,3 milliard dollarlik jarima va musodara qilishni talab qilgan. Chjao 50 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi