
Foto: Topor telegram-kanali
Sobiq aralash jang ustasi Habib Nurmagomedovning soliq organlaridan 306 mln rubl (3 mln dollardan ziyod) qarzdorligi ma’lum qilindi.
Rossiya federal soliq xizmati Nurmagomedovga aloqador tashkilotlarning hisob-raqamlarini blokladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sportdan ketganidan so‘ng, Habib Nurmagomedov ko‘plab kompaniyalarga asos solib, keyinchalik ularni do‘stlari va yaqinlari nomlariga rasmiylashtirgan.
Mash telegram-kanali yozishicha, ayni paytda Nurmagomedov Turkiyadagi mehmonxonalar va BAAdagi startaplarga sarmoya kiritmoqda. Habibning ayni shu faoliyati Rossiya FSX e’tiborini tortgan.
Nurmagomedov yengil vaznda uch marta UFC chempionlik kamarini himoya qilgan, 2020 yilda faoliyatiga yakun yasagan. Aralash janglardagi professional faoliyati davomida 29 jangda 29 marotaba g‘alaba qozongan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar