date
views 264

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga havo hujumi uyushtirdi

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga havo hujumi uyushtirdi
Foto: AP
Livandagi “Hizbulloh” guruhi 11 may kuni Isroil shimolidagi 6 ta nishonga havo hujumi uyushtirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 11 mart kuni kechki payt Isroil shimolida ogohlantirish signallari chalingan. Qator hududlarda raketa hujumlari kuzatilgan.

Isroil nazorati ostidagi Sheba hududiga faol tarzda hujumlar tashkil etilgani ma’lum qilingan. Livan janubidagi Kfarchuba shahrida ham hujum kuzatilgan.

Bir qancha manbalar “Hizbulloh” Isroilning Summaqa hududiga noma’lum quroldan zarba berganini yozgan. Rasmiylar hodisa yuzasidan o‘rganish davom etayotganini bildirgan.

Al Jazeera nashri ma’lum qilishicha, Livandagi guruh Jal al-Allam hududidagi Isroil “josus uskunalari”ga zarba bergan. Artilleriya snaryadlari Ramya hududiga tushgani haqida xabar berilgan.

“Hizbulloh” va Isroil qarama-qarshiligi 2023 yilning oktyabr oyidan beri davom etmoqda. Ikki mamlakat chegarasida havo hujumlari muntazam davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga havo hujumi uyushtirdi