date
views 633

Rossiya kuchlari Belgorod viloyati yaqinida Ukraina armiyasining yashirin pozitsiyalarini yo‘q qildi

Rossiya kuchlari Belgorod viloyati yaqinida Ukraina armiyasining yashirin pozitsiyalarini yo‘q qildi
Arxiv foto: topdaynews.ru
Rossiya qo‘shinlari 13 may kuni Belgorod viloyatiga chegaradosh hududda Ukraina armiyasining yashirin pozitsiyalarini yo‘q qilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Belgorod chegarasi yaqinidagi yashirin nishonlarni yo‘q qilish uchun rus armiyasi harbiy dronlardan foydalangan. Ular yordamida seriyali hujumlar amalga oshirilgan.

Shimoliy jangovar guruhining harbiy dron operatorlari Ukrainaning Belgorod viloyati bilan chegaradosh hududidagi maxsus harbiy operatsiyada Ukraina terrorchi tuzilmalarining kamuflyajlangan pozitsiyalari va ishchi kuchlarini yo‘q qilishdi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Vazirlik ruslar tomonidan qo‘llangan dronlar kamikadze dronlari ekanligini ma’lum qilgan. Ushbu dronlardan mamlakat chegara hududini himoya qilishda faol qo‘llanilayotgani xabar qilingan.

Chegarani qo‘riqlovchi dronlar soatiga 100 kilometrgacha tezlikda ucha olishi ma’lum qilingan. Ulardan dushman artilleriya va harbiy texnikasini yo‘q qilishda samarali foydalanish mumkinligi aytilgan.

Rossiya rasmiylari yashirin nuqtalar yo‘q qilinishi oqibatida halok bo‘lgan Ukraina askarlari sonini ma’lum qilmagan. Ukraina tomoni ham hodisa yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya kuchlari Belgorod viloyati yaqinida Ukraina armiyasining yashirin pozitsiyalarini yo‘q qildi