AQSH Shveysariyadagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etadi

AQSH Shveysariyadagi Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etadi
Foto: Defence.here.com
Amerika Qo‘shma Shtatlari Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

AQSH rasmiysi mamlakat sammitda ishtirok etishini aytib, biroq aynan kim va qaysi darajadagi shaxs ekanini ochiqlamagan.

May oyi boshida Shveytsariya TIV konferensiya sanalarini tasdiqlagan. Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti 15–16 iyun kunlari Shveytsariyaning Burgenshtok shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. G7, G20, BRIKS mamlakatlari, xususan, 160 ta davlat delegatsiyalari taklif qilingan.

Rossiya sammitga taklif qilinmagan. Rossiya tomoni agar taklif qilinsa ham, ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Shveytsariya TIV Rossiya sammitda ishtirok etishi muhimligini ta’kidlagan.

Xitoy konferensiyada ishtirok etishi haqida aniq ma’lumot bermagan. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Xitoy prezidenti Si Szinpin Shveytsariya sammitini qo‘llab-quvvatlaganini aytgan edi. Shundan so‘ng Xitoy TIV mamlakat har qanday tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Biroq Xitoyga ko‘ra, Moskva va Kiyev mojarosi ikki mamlakatning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralari bilan yakunlanishi kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar