date
views 327

Qirg‘izistonda Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi

Qirg‘izistonda Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
Foto: Sputnik
Qirg‘izistonda Qurbon hayiti 16 iyun etib belgilandi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

"Zulhijja oyining birinchi kuni 7 iyun kuni boshlanishi munosabati bilan arafa bayrami 15 iyun kuni nishonlanadi, ertasi yakshanba kuni esa Qurbon hayit bo‘ladi", — deyiladi musulmonlari diniy idorasi bayonotida.

Qo‘shni Qozog‘istonda ham mazkur sanalarda arafa va Qurbon hayiti nishonlanishi e’lon qilingan. Qurbon hayitida musulmonlar birgalikda namoz o‘qiydilar, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadilar va odatda qo‘y so‘yib, qurbonlik keltiradilar. Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan haj ziyorati shu oyda amalga oshiriladi. Saudiya Arabistoni ham yarim oy ko‘ringanidan so‘ng (Iyd al Adha) Qurbon hayiti 16 iyun kuni nishonlanishini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi