Ukraina Rossiyaga ilk bor harbiy samolyot bilan hujum qildi

Ukraina Rossiyaga ilk bor harbiy samolyot bilan hujum qildi
Foto: AP Photo
Ukraina qurolli kuchlari samolyoti birinchi marta Rossiya hududidagi nishonga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berdi. Bu haqda Ukraina armiyasidagi anonim manbaga tayanib, Sky News xabar berdi.

Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, 9 iyun kuni Belgorod viloyatidagi qo‘mondonlik punktiga zarba berilgan. Hujumda qanday turdagi o‘q-dorilar qo‘llangani, jumladan, bu G‘arb quroli bo‘lganmi, hozircha aniq emas.

“Zararni baholash hali ham davom etayotgan bo‘lsa-da, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba sifatida tasdiqlangan. Bu Ukraina qurolli kuchlarining Rossiyadagi nishonga havodan yetkazilgan birinchi o‘q-dorisidir”, — deyiladi xabarda.

Ukraina Rossiya hududiga bir necha bor dron hujumlarini uyushtirgan, biroq Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish uchun harbiy samolyotdan foydalanish Moskva tomonidan yangi eskalatsiya sifatida qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar