14:13 / 15.06.2024
512

Iordaniyaning maftunkor malikasi hozirda qanday ko‘rinishga ega?

Iordaniyaning maftunkor malikasi hozirda qanday ko‘rinishga ega?
Hoshimiylar saroyi
Foto: The Voicemag

Iordaniya qiroli Abdulloh II ning ukasi Hoshim ibn al-Husaynning to‘ng‘ich qizi, 16 yoshli malika Haala internetda “Sharqning yangi yulduzi” nomi bilan tanilmoqda. Qirollik farzandlarining, jumladan, Haalaning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo so‘nggi kunlarda OAV malikaning noyob fotosuratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Haala ismi “porloq yulduz” degan ma’noni anglatadi. U 2007 yil 16 aprelda Ummonda tavallud topgan. Malika qirol Abdulloh II ning ukasi Hoshim ibn al-Husaynning to‘ng‘ich qizidir. Hoshim 1981 yilda tug‘ilgan. U qirol Husaynning to‘rtinchi rafiqasi — amerikalik Liza Xalabi (hozirgi ismi Nur)ning farzandi.

Hoshim ibn al-Husayn
Foto: The Voicemag

Nur nabirasi Haalani juda yaxshi ko‘radi. Haala qirolichaning yevropacha tashqi ko‘rinishini meros qilib olgan: qizning bo‘ylari baland, qomati ozg‘in, ko‘z va sochlarining rangi och.

Qirolicha Nur nabiralari bilan
Foto: The Voicemag

Haala ulg‘aygani sari, asosan, g‘arb genlarini meros qilib olgani ravshan bo‘la boshladi. U opa-singillaridan farqli o‘laroq, asli kelib chiqishi saudiyalik bo‘lgan onasi Fahda Muhammad Abunayanga umuman o‘xshamaydi.

3 yil avval Haala shunday ko‘rinishda edi
Foto: The Voicemag


Malika Haalaning hech qanday qirollik vazifasi yo‘q
Foto: The Voicemag

Iordaniya qirollik oilasining barcha a’zolari, hatto ular taxtga o‘ninchi o‘rinda da’vogar bo‘lsa ham, protokol va xavfsizlik nuqtayi nazaridan ularning hayot tarzi qattiq tartibga solinadi. Albatta, malikalar qasrlarga qamab qo‘yilmaydi, lekin erta yoshdan boshlab qirollik qizlari omma oldida ko‘p chiqish qilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, yaqinda Ummondagi rasmiy tadbirlarda qatnashgan malikalar surati paydo bo‘ldi. Quyidagi foto bir yil avval olingan:

Malika Haala o‘ngdan ikkinchi
Foto: The Voicemag

Amakivachchasining to‘y marosimida chiroyli yashil libosda paydo bo‘lgan Haala bir zumda Internetda yulduzga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar “Men uning 16 yoshda ekanligiga ishona olmayman!” — qabilida izoh qoldirdi. Ehtimol, bayramga malika makiyaj qilib kelgani uchun yoshi katta ko‘ringan bo‘lishi mumkin.

Foto: The Voicemag

Sharqning yangi yulduzi hozirda shunday ko‘rinishda
Foto: The Voicemag

Iordaniya qirollik oilasi diniy urf-odatlarga amal qiladi, ammo qirolicha Raniya Yaqin Sharqdagi qizlar haq-huquqlarini himoya qilish uchun doim kurashib kelgan. Shuning uchun qirollik qizlari va jiyanlari yuz va sochlarini ro‘mol bilan yopmaydi, tadbirlarda shim kiya oladi. Hoshimiylar farzandlari ota uyida yashar ekan, ularga bularning bari mumkin deb qaraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniyaning maftunkor malikasi hozirda qanday ko‘rinishga ega?