01:46 / 16.06.2024
457

Kuba tashqi ishlar vaziri: AQSH suvosti kemasi respublika suvlariga taklifnomasiz kirdi

Kuba tashqi ishlar vaziri: AQSH suvosti kemasi respublika suvlariga taklifnomasiz kirdi
AQSHning USS Helena suvosti kemasi Kuba hududiy suvlariga tegishli taklifnomasiz kirdi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio Domingesga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Biz ularning borligi haqida bilardik, chunki uzoq yillardan beri kuzatib kelayotgan pretsedentlarga ko‘ra, AQSH bizni oldindan xabardor qilgan. Ammo hududimizda Kubaga nisbatan rasmiy dushmanlik siyosatini yurituvchi davlatga tegishli bunday turdagi uskunalarning mavjudligi va suvlarimiz orqali harakatlanishi bizga yoqmasligi aniq. Mamlakatga harbiy-dengiz kuchlarining tashrifi taklifnoma bo‘yicha amalga oshishi kerak, bu unday vaziyat emas. Kuba xalqining irodasiga qarshi xorij hukumati tomonidan mamlakatimizning qabul qilib bo‘lmaydigan bosib olinishini unutmaslik kerak. Bu noqonuniy harbiy ishg‘ol va farq ham shunda”, — dedi Kuba tashqi ishlar vaziri.

Kuba rasmiylarining fikricha, Qo‘shma Shtatlar hozirda suvosti kemasi joylashgan Guantanamo provinsiyasini noqonuniy ravishda egallab olgan. Bu provinsiyada 2002 yilda qamoqxona tashkil etilgan Amerika harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Rossiya harbiy kemalari Kubada

13 iyun kuni Rossiyaning bir guruh harbiy kemalari, jumladan, “Qozon” yadroviy suvosti kemasi “Atlantika okeanida yuqori aniqlikdagi raketa qurollarini qo‘llash” bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Kubaga yetib kelgandi. Ular Gavanada 17 iyungacha qoladi. Kuba bu “mintaqa uchun xavf tug‘dirmasligi”ni bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuba tashqi ishlar vaziri: AQSH suvosti kemasi respublika suvlariga taklifnomasiz kirdi