16:27 / 17.06.2024
149

Polsha O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini soddalashtirishi kutilmoqda

Polsha O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini soddalashtirishi kutilmoqda
Foto: “Dunyo” AA
O‘zbekiston elchisi va Polsha TIV rahbari o‘rinbosari mehnat migratsiyasi masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida Amirsaid Agzamxo‘jayev va Genrika Moshchiska-Dendis konsullik-huquqiy sohadagi O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Shuningdek, 2024 yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o‘rtasida 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polsha O‘zbekiston fuqarolariga viza berish tartibini soddalashtirishi kutilmoqda