23:03 / 17.06.2024
310

Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deport qilmoqchi

Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deport qilmoqchi
Foto: Depositphotos
Germaniya hukumati qochqin maqomini olish huquqiga ega bo‘lmagan afg‘onlarni Tolibon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri kelishuvlarsiz ortga qaytarish uchun O‘zbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda, deya Bloomberg xabar berdi.

Nashrning yozishicha, may oyining oxirida Germaniya IIV vaziri Nensi Fezer buyrug‘i bilan Germaniya delegatsiyasi Toshkentga kelib, O‘zbekiston hukumati bilan tegishli reja yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan.

"Nemis delegatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga maxsus reja taklif qilgan bo‘lib, bu reja Germaniyaning Afg‘onistondan kelgan nomzodlarni charter reyslar yordamida Toshkentga yetkazish imkonini berishi mumkin. Bu Germaniyaning “Tolibon” hukumati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishini talab qilmaydi", — deyiladi xabarda.

Germaniya delegatsiyasi Toshkentdan qaytib, muzokaralar samarali o‘tganini va O‘zbekiston hukumati yordam berishga va’da berganini ma’lum qilgan.

O‘zbekistonning talablari

Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston mamlakatdan Germaniyaga malakali kadrlar borishini tartibga soluvchi rasmiy migratsiya kelishuvini imzolashni ilgari surgan. Bunday kelishuv ustida bir necha oylardan beri ish olib borilmoqda. Germaniya federal hukumatining migratsiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus vakili Yoaxim Shtamp muzokaralarni davom ettirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Germaniyadan muhojirlarni deport qilish masalasi

Germaniyada boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarni chiqarib yuborish zarurati afg‘on fuqarosi may oyining oxirida Mangeymda islomni tanqid qiluvchi tashkilot mitingiga hujum qilib, o‘lim holati kelib chiqqanidan keyin yana kun tartibiga qaytgan edi.

"Agar jinoyatchilar Suriya yoki Afg‘onistondan kelgan bo‘lsa ham, ular deport qilinishi kerak", — deya ta’kidlagan Germaniya kansleri Olaf Shols.

Hozirda Germaniyada yashovchi 13 mingga yaqin afg‘on vataniga qaytishga majbur bo‘lishi mumkin, lekin ko‘plarining statusi oila ajralishiga olib kelishi yoki afg‘onistondagi xavfli vaziyat tufayli hozircha ularni deportatsiya qilish mumkin bo‘lmagan deb hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya afg‘onlarni O‘zbekiston orqali deport qilmoqchi