20:39 / 19.06.2024
477

Olimlar erta o‘limga omil bo‘luvchi butun dunyodagi ikkinchi xavfni ma’lum qildi

Olimlar erta o‘limga omil bo‘luvchi butun dunyodagi ikkinchi xavfni ma’lum qildi
Foto: Google Images
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF) bilan hamkorlikda Health Effects Institute va Institute for Health Metrics and Evaluation olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yomon havo sifati 2021 yilda erta o‘lim uchun gipertoniyadan keyin ikkinchi asosiy xavf omili bo‘ldi.

Bugun, 19 iyun kuni e’lon qilingan hisobotda 2024 yildagi dunyodagi havo sifati va uning sog‘liqqa ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotga ko‘ra, 2021 yilda dunyo bo‘ylab havoning ifloslanishi 8,1 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, 700 mingdan ortiq o‘lim besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda sodir bo‘lgan (ushbu yosh toifasidagi barcha bolalar o‘limining 15 foizini tashkil qiladi), ulardan 500 mingdan ortig‘i turar joy binolari ichidagi havo ifloslanishi bilan bog‘liq. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida havo ifloslanishi to‘yib ovqatlanmaslikdan keyin ikkinchi o‘lim xavfi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, havo sifatining yomonligi erta o‘lim uchun gipertoniyadan keyin ikkinchi asosiy xavf omilidir. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarda tamaki iste’moli, noto‘g‘ri ovqatlanish va qon plazmasidagi glyukozaning yuqori yetishmovchiligi turadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havoning ifloslanishi pastki nafas yo‘llari infeksiyalari tufayli o‘lim holatlarining 30 foiziga, yurak ishemik kasalliklari tufayli o‘lim holatlarining 28 foiziga va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari tufayli o‘lim holatlarining 48 foiziga sabab bo‘ladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, havo ifloslanishi immunitet tizimining infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi, bu nafas olish yo‘llari viruslari, shu jumladan, COVID-19 ni keltirib chiqaradigan viruslarning organizmga osonroq kirib borishiga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar erta o‘limga omil bo‘luvchi butun dunyodagi ikkinchi xavfni ma’lum qildi
ePN