Suriyada jangarilar uch nafar turkiyalik harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda 9 sentyabrda Turkiya qurolli kuchlari bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Yana bir turkiyalik harbiy yarador bo‘lgan. Jang tafsilotlari noma’lum. Faqatgina turkiyalik harbiylar tanki jangarilar tomonidan otilgan raketa bilan nishonga urilgani ma’lum qilingan.
O‘z navbatida turkiyalik harbiylar havodan jangarilar tomonidan ishlatiluvchi 4 ta inshootni yo‘q qilishgan.
Bu qurbonlar Turkiya armiyasining Suriya hududidagi janglardagi birinchi qurbonlari emas. 6 sentyabrda Suriyaning Al-Vaqf qishlog‘i yaqinidagi jangda ikki nafar turk askari halok bo‘lgan va yana besh nafari yaralangan. Jangarilar raketa yordamida Ozod Suriya armiyasi otryadlari hujumini qo‘llab-quvvatlagan turk armiyasining ikki tankini nishonga urishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari