19:24 / 22.06.2024
237

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga 6 ta hujum uyushtirdi

“Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga 6 ta hujum uyushtirdi
Arxiv foto: ria.ru
Livandagi “Hizbulloh” guruhi 22 iyun kuni Isroil shimolidagi pozitsiyalarga 6 ta hujum tashkil etgan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati bayonotiga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.

Hujum asosan chegaraga yaqin harbiy zonalar va kazarmalarga qaratilgan. “Hizbulloh” ham, Isroil tomoni ham hujumda yaralanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot tarqatmagan.

Isroil bu hujumni raketa va uchuvchisiz qurilmalar namoyishi sifatida qabul qilgan. “Hizbulloh” shu yo‘l bilan Livan janubiga har qanday harbiy eskalatsiya xavfidan ogohlantirishga urinayotgani aytilgan.

Manbada aytilishicha, “Hizbulloh” Isroil hududini tartibsiz tarzda nishonga olgan. Hujumda nisbatan yangi va samarali raketalar qo‘llanilgan. Hujum tashkil etilgan 6 ta obyekt nomi aytilmagan.

Oldinroq Isroil armiyasi bosh shtabi “Hizbulloh”ga qarshi yalpi quruqlik urushini boshlashni nazarda tutgan rejani tasdiqlagan edi. Ushbu reja asosida, “Hizbulloh” hujumlarni to‘xtatmagan taqdirda, mamlakatning janubiy va janubi-sharqiy qismlariga quruqlik desanti kiritish ,shuningdek, Livan poytaxtini dengizdan blokada qilish rejalashtirilgan.

Isroil armiyasining zaxiradagi generali Isak Brik ushbu qarorni keskin tanqid qilgan. Livanga qarshi amaliyot arablar va Eron ishtirokidagi 6 bosqichli yalpi urushga olib kelishi, uning oxirida esa Isroilning o‘zi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Isroil hujumlar ortidan Hayfa shimolida harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish haqida buyruq chiqargan. Chegara oldi hududlarga havo-mudofaa tizimlari joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga 6 ta hujum uyushtirdi