12:32 / 13.09.2016
7 314

AQSh bombardimonchi samolyotlari Janubiy Koreya ustidan parvoz qildi

AQSh bombardimonchi samolyotlari Janubiy Koreya ustidan parvoz qildi

Amerika HHKning B-1 Lancer rusumli ikkita reaktiv strategik bombardimonchi samolyoti KXDR yadro sinovini o‘tkazgach, Janubiy Koreya hududi ustida parvoz qilgan, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.

Samolyotlar ikki Koreya o‘rtasidagi demilitizasiya qilingan chegaradan 77 km va poytaxt Seuldan 40 km uzoqlikda joylashgan Osan shahridagi aviabazadan havoga ko‘tarilgan va qisqa balandlikda parvoz qilgan. Bombardimonchi samolyotlarni AQSh va Koreya qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.

Xabar qilinishicha, parvozlar KXDR yadro sinovidan so‘ng, mintaqadagi keskinlik kuchaygan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreya bilan birdamligini namoyish etish maqsadida amalga oshirilgan.

Avvalroq, Janubiy Koreya o‘ziga nisbatan bevosita yadroviy tahdid bo‘lsa, «Pxenyanni er yuzidan supurib tashlash» bilan dag‘dag‘a qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh bombardimonchi samolyotlari Janubiy Koreya ustidan parvoz qildi