20:24 / 30.06.2024
400

Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi

Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi
Foto: Depositphotos
Eron Livanga keng ko‘lamli hujum bo‘lsa, Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi. Bu haqda Eronning BMTdagi vakolatxonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Eron sionistik rejimning Livanga hujum qilish niyati haqidagi tashviqotini psixologik urush deb hisoblasa-da, agar u (Isroil) keng ko‘lamli harbiy tajovuzni boshlasa, barcha qarshilik jabhalarini to‘liq jalb etish bilan birga, qirg‘in urushi ham ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

18 iyun kuni Isroil mudofaa kuchlari Livanga hujum qilish uchun jangovar rejalar tasdiqlanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, yahudiy davlati tashqi ishlar vaziri Isroil Katz “Hizbulloh”ni yo‘q qilish va keng ko‘lamli urush bo‘lsa, Livanga jiddiy zarar etkazish bilan tahdid qildi.

Shundan so‘ng, “Hizbulloh” guruhi rahbari Hasan Nasrulloh to‘laqonli urush bo‘lsa, Isroilda “hech qanday joy” qolmasligidan ogohlantirdi.

"Isroil bizni quruqlikda, dengizda va havodan (hujum qilishimizni) kutishi kerak. Dushman haqiqatan ham qarshilik Isroil shimolidagi Galileyaga (Livan bilan chegaradosh hudud) kirib kelishidan qo‘rqadi. Livanni urushga majburlash kontekstida bu amalga oshishi mumkin", — degan “Hizbulloh” yetakchisi.

U Isroil “qo‘rqishi” kerak bo‘lgan tomon ekani, “Hizbulloh” Isroil bilan qarshilik boshlangan oktyabr oyidan beri qurollarining faqat “bir qismini” qo‘llaganini aytgan.

"Biz yangi qurollarga ega bo‘ldik. Ayrim qurollarimizni takomillashtirdik, boshqalarini kelgusi kunlarga saqlab qolamiz. Yillar oldin 100 ming jangchi haqida gapirgan bo‘lsak, hozirda bu raqamdan ancha oshib ketdik", — degan u.

26 iyun kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil Livanni “tosh davriga qaytarishi” va Livandagi “Hizbulloh” harakati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday konfliktda jiddiy zarar keltirishi mumkinligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilni “qirg‘in urushi” boshlanishidan ogohlantirdi