
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning 297 million rubl qarzi tufayli uning hisoblarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda "Mash" telegram kanali xabar bermoqda.
Avvalroq, telegram kanali Federal soliq xizmati Nurmagomedovning bir qancha kompaniyalarini yopgani haqida ham xabar bergan edi. Sababi rasmiy hujjatlardagi ishonchsiz ma’lumotlar. Uning hisobi xayriya fondi hisobi bilan birga bloklangan.
MMAdagi faoliyati davomida Xabib 29 ta jangda qatnashib, 29 ta g‘alabaga erishgan. UFCda esa g‘alabalari soni 13taga teng. Nurmagomedovning so‘nggi jangi amerikalik Jastin Getjiga qarshi bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar