14:29 / 18.07.2024
229

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi
Foto: bulak.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarov hibsga olingan. Bu haqda AKI Press nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Ulan Japarov yirik miqdordagi firibgarlikda gumon qilinib hibsga olingan. Endilikda 19 avgustga qadar 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanadi.

Prezident jiyanining hibsga olingani haqidagi xabarni Pervomayskiy tuman sudi tasdiqlagan. Mazkur holat Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tergov qilinayotgani aytilgan.

Manbaga ko‘ra, prezidentning jiyani bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda ayblangan. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan sud ishi davom etayotgani, guvohlar so‘roq qilinayotgani ma’lum qilingan.

Ayblanuvchi Ulan Japarov ilk bor firibgarlik holati yuzasidan 2023 yilning yozida hibsga olingan va 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. O‘sha yilning kuzida esa u hibsdan ozod qilinib, uy qamog‘iga tashlangan edi. Endi esa u yana qayta sudga olib kelingan.

Ma’lumot o‘rnida, Ulan Japarov Qirg‘iziston prezident Sadir Japarovning amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning jiyani hibsga olindi