20:46 / 20.07.2024
63

Natali Portmanga ajrimdan keyin tushkunlikdan xalos bo‘lishida Rianna yordam bergan

Natali Portmanga ajrimdan keyin tushkunlikdan xalos bo‘lishida Rianna yordam bergan
“Leon” va “Vendetta inqilobi” filmlarining yulduzi Natali Portman barbadoslik xonanda Rianna bilan uchrashuv unga katta yordam bergani haqida The Tonight Show Starring Jimmy Fallon dasturida so‘zlab berdi.

Foto: Britannica
Joriy yil mart oyida aktrisa turmush o‘rtog‘i Benjamen Millpe bilan ajrimni boshidan kechirdi. O‘tgan yili ommaviy axborot vositalari Natali va Benjamin munosabatlaridagi kelishmovchiliklar haqida yozgandi. Buning sababi Millpe tomonidan 25 yoshli atrof-muhit faoli Kamilla Miten bilan xiyonati bo‘ldi. Er-xotin 11 yil baxtli hayot kechirgan edi.

Foto: The Hollywood Reporter
Avvaliga aktrisa nikohni saqlab qolishga harakat qildi va turmush o‘rtog‘iga yana bir imkoniyat berdi, lekin Natali uning bir necha bor qilgan xiyonatiga dosh bera olmadi va rasman ajrashishga qaror qildi.

Portman hayotidagi qiyin davr shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Parij moda haftaligiga to‘g‘ri keldi. Tadbirda aktrisa xonanda Rianna bilan ko‘rishib qoldi. Mashhurlar Dior Hayte Couture moda ko‘rgazmasi boshlanishidan avval bir necha daqiqa davomida suhbat qurgani kadrlarda muhrlanib qoldi.

Foto: The Express Tribune

Foto: The Express Tribune
Uning aytishicha, bu tasodifiy uchrashuv “hayotidagi og‘ir damlarda aynan kerakli hodisa bo‘lgan”.

Oilaviy mojarolardan so‘ng, Natali uzoq vaqt tushkunlikda yurdi, ammo Riannaning so‘zlari aktrisaga dalda berdi va depressiyadan chiqishiga turtki bo‘ldi.

“Rianna bergan energiya qolgan umrim uchun bo‘lgan ishonchni kuchaytirdi. Aynan o‘sha paytda Rianna menga kerakli bo‘lgan taskin va qo‘llovchi so‘zlarni aytdi. Menimcha, ajrashayotgan har bir ayol uning qanchalik 'bad bitch' ekanligini eshitishi lozim”, dedi Natali Portman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Natali Portmanga ajrimdan keyin tushkunlikdan xalos bo‘lishida Rianna yordam bergan