Foto: Reuters
Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kas Golan tepaliklariga berilgan zarbadan so‘ng “Hizbulloh” barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tganini aytib, Livan bilan keng ko‘lamli urush boshlanishidan ogohlantirdi.
Biz “Hizbulloh” va Livan bilan keng ko‘lamli urushga yaqinlashyapmiz. Biz buning narxini frontda ham to‘laymiz, ammo urush oxiriga kelib “Hizbulloh” mag‘lub bo‘ladi va Livan jiddiy zarar ko‘radi, deydi u.
Kas “tinchlik va xavfsizlikni tiklashga” va’da bergan. U, shuningdek, TIVga “Livandagi harakatlar uchun qonuniylikka erishish bo‘yicha keng qamrovli kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rish” haqida ko‘rsatma berganini aytgan.
Isroil armiyasi vakili Daniel Hagariga ko‘ra, Majdal Shamsga raketa hujumi oqibatida o‘n nafar bola halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa futbol maydoniga tushgan. Yana 30 dan ortiq kishi jarohatlangan. Hagari hujumda “Hizbulloh”ni ayblagan.
Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurgan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujum haqidagi xabardan so‘ng imkon qadar tezroq javob qaytarishni buyurgan.
“Hizbulloh” Majdal Shams hujumiga aloqadorligini rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi